Ikki eshik orasi
5.0
O'rtacha Reyting
1
Sharhlar

Kitobni saqlamoqchimisiz?

Kirish

Ikki eshik orasi

Hoshimov, O'tkir tomonidan

5.0/5 (1 sharh)
Janr Adabiyot
Nashr Etilgan Ma'lumot yo'q
Sahifalar Ma'lumot yo'q
Til English
Kitob Haqida

Oʻtkir Hoshimov oʻz romani haqida va shu orqali dilidagi soʻzlarni ham aytib oʻtgan: „Rost bilan yolgʻonning oʻrtasi — toʻrt enlik“, degan gap bor. Qiziq, nega endi oz emas, koʻp emas, toʻrt enlik? Gap shundaki, koʻz bilan quloqning orasi — toʻrt enlik ekan. Eshitganingga emas, koʻrganingga ishon … Maqsad — shu. Bu kitobdagi koʻp odamlami oʻzim koʻrganman. Koʻplari bilan gaplashganman. Baʼzilarining oʻzi bilan, baʼzilarining … ruhi bilan … Baʼzilari nimani gapirgan boʻlsa, shuni qogʻozga tushirdim. Baʼzilari nima gapirganini emas, nima oʻylaganini yozishga majbur boʻldim.(Nachora, hamma rost gapiravermaydi. Ammo yolgʻon gapirayotgan odam ham ichida, baribir rostini oʻylaydi.) Xullas, bu savdolar koʻp yillar davomida koʻp kishilaming boshidan kechgan. Ular ustidan hukm chiqarish — sizlarga havola … Tilimning uchida turgan yana bir andishani aytmasam boʻlmaydi. Ehtimol, siz bu kitobda foje koʻpayibroq ketmadimikin, degan xayolga borarsiz. Nachora, avvalo hayot — nuqul bayramdan iborat emas. Urush esa oʻyin emas. Ikkinchi jahon urushi ellik million odamning uvoliga qoldi. Shundan yigirma millioni bizning odamlar edi. Eng aziz, eng asl kishilarimiz. Qolaversa, urush faqat okopdagi jangchilarning joniga chang solib qolmadi. Minglab chaqirim naridagi odamlami ham sinovdan oʻtkazdi. Mushkul damlarda iymonini, insonligini saqlab qolgan ota-onalarimiz, aka-opalarimizning hayoti bugungi zamonda bizga oʻrnak boʻlsa ne ajab!

Kitob Sharhlari

Sharh Yozish Uchun Kiring

Kitob haqidagi fikrlaringizni jamiyat bilan baham ko'ring

Kirish

Jamiyat Sharhlari 1
DT
Diyora Turg'unova Oct 12, 2025
5/5
0 0

O'qishni tavsiya qilaman juda foydali kitob